Site icon Blog OLX Polska

OLX da JavaScript xatosi

OLX da “Brauzeringizda JavaScript oʻchirilgan boʻlishi mumkin” degan xatoga duch kelgan boʻlishingiz mumkin. JavaScript o‘zi nima? JavaScript veb-saytlarga dinamik va interaktiv foydalanuvchi tajribasini taqdim etish imkonini beradi. Bu sizga matn maydonlarini to‘ldirish, videolarni tomosha qilish va web-sahifadagi so‘nggi kontentni sahifani yangilamasdan turib ko‘rish imkonini beradi. JavaScript OLX ning barcha funksiyalaridan toʻliq foydalanishingiz mumkinligini taʼminlaydi.

Brauzeringizda JavaScriptni qanday yoqish mumkin

Quyida ba’zi mashhur brauzerlarda JavaScriptni yoqish bo‘yicha yo‘riqnomani ko‘rib chiqishingiz mumkin:

Google Chrome
1. Chrome ni oching va yuqori o‘ng burchakdagi uchta nuqta tasvirlangan tugmaga bosing.
2. Ochilgan menyuning eng pasiga tushing va „Настройки” tugmasini bosing.
3. Sahifaning pastki qismida joylashgan „Настройки сайта” tugmasini bosing.
4. Sahifani pastki qismiga o‘ting va „Контент” bo‘limida joylashgan „JavaScript” tugmasini bosing.
5. JavaScriptni yoqish uchun „Разрешить сайтам использовать JavaScript” ni tanlang.

Mozilla Firefox
1. Firefox manzil satriga „about:config” deb yozing va Enter tugmasini bosing.
2. Agar ogohlantirish xabari paydo bo‘lsa, „Xavfni o‘z zimmamga olaman va davom etaman” tugmasini bosing.
3. Yuqoridagi qidiruv maydoniga „javascript.enabled” deb yozing.
4. „javascript.enabled” qatorida, o‘ng tomondagi tugmani bosing va uning qiymatini „true” ga o‘zgartiring.

Microsoft Edge
1. Chrome ni oching va yuqori o‘ng burchakdagi uchta nuqta tasvirlangan tugmaga bosing.
2. Ochilgan menyuning pasida joylashgan „Параметры” tugmasini bosing.
3. Ochilgan sahifaning chap tarafida joylashgan „Файлы cookie и разрешения сайтов” bo‘limini tanlang.
4. Sahifani pastki qismiga o‘ting va „JavaScript” tugmasini bosing.
5. JavaScriptni yoqish uchun „Разрешено (рекомендуется)” tugmasi bosib ko‘k rangli holatga o‘tkazib qo‘ying.

Safari
1. Safari ni oching va ekraning yuqori chap qismidagi menyuda „Safarini” bosing.
2. „Настройки” bo‘limini tanlang.
3. „Безопасность” bo‘limiga o‘ting.
4. „Включить JavaScript” sozlamasida yonidagi katakchani belgilang.

Opera
1. Opera ni oching va menyu ochilishi uchun yuqori chap burchakdagi Opera logotipini bosing.
2. „Настройки” bo‘limini tanlang.
3. Qidiruv satriga „javascript” deb yozing.
4. „Настройки контента” bo‘limi ostida, „JavaScriptni” bosing.
5. JavaScriptni yoqish uchun „Разрешено (рекомендуется)” tugmasi bosib ko‘k rangli holatga o‘tkazib qo‘ying.

JavaScriptni yoqishingiz bilan siz OLX dan foydalanishni davom ettirishingiz mumkin!

Exit mobile version